Ertaga 1 aprel kuni Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum «C» guruhi 5-turidan örin olgan bahslar bölib ötadi. Özbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Toşkentda Qozoğistonning Astana Arlans jamoasi boksçilarini qabul qiladi.
31 mart kuni Toşkentning Grand Mir Hotel mehmonxonasida Uzbek Tigers va Astana Arlans jamoalarining uçraşuv oldi rasmiy matbuot anjumani bölib ötdi. Unda jamoalar ustozlari ertaga böladigan bahsda jiddu-jahd bilan ringga çiqişlari ta'kidlandi. Şundan söng, boksçilarning vaznini ölçaş marosimi bölib ötdi. Şunday qilib, ertaga «Özbekiston» sport majmuasida quyidagi boksçilar juftliklarining ajoyib janglariga guvoh böliş mumkin.

49 kg: Hasanboy Döstmatov vs Temirtas Jusupov

56 kg: Abdulhay Şorahmatov vs Ilyos Suleymenov

64 kg: Elnur Abduraimov vs Dilmurod Mijitov

75 kg: Isroil Madrimov vs Saparbay Aydarov

+91 kg: Zuhriddin Mahkamov vs Anton Pinçuk
Uzbek Tigers WSB doirasida şu vaqtgaça 4 marta jang ötkazdi. Özbekiston vakillari avvaliga Xitoyda China Dragons jamoasidan 2:3 hisobida yengilgan, keyingi turda Qozoğistonda Astana Arlans jamoasiga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Toşkentda bölib ötgan 3-tur bahsida Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida taslim qildi. 4-turda esa Özbekiston jamoasi China Dragons jamoasidan 5:0 hisobida qasos oldi.
Ayni vaqtda, Qozoğiston jamoasi guruhda 12 oçko bilan 1-örinda joylaşgan. Uzbek Tigers hisobida 6 oçko bölib, ikkinçi örinni egallab turibdi.












