Fevral oyiga kelib, ötgan yilning xuddi şu vaqtida kuzatilgani kabi, «Uzbek Tigers» jamoasining kelgusidagi taqdiri borasida turli gap-sözlar tarqala boşladi. OAVda Özbekiston boks federatsiyasi jamoani moliyalaştirişni töxtatişga qaror qilgani haqida ma'lumotlar paydo böldi. Kun.uz muxbiri ayni masalaga aniqlik kiritiş uçun Milliy olimpiya qömitasi prezidenti Umid Ahmadjonovga bir neçta savollar bilan murojaat qildi.

– Oxirgi uç mavsumda Butunjahon boks seriyasida Özbekiston şarafini himoya qilgan «Uzbek Tigers» jamoasi ötgan haftada tarqatib yuborilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu ma'lumot qançalik töğri?

– Avvalo, şuni ta'kidlaşni istardimki, Butunjahon boks seriyasi (WSB) musobaqasining özbek boksi taraqqiyotida tutgan örni juda muhimdir. Ma'lumki, uşbu turnir orqali yangi nomlar kaşf etiladi, kuçli boksçilar saralanadi. Şuningdek, mazkur musobaqa boksçilarimiz uçun Osiyo va jahon çempionatlari, Olimpiya va Osiyo öyinlariga munosib tayyorgarlik köriş vazifasini bajarişi bilan ham ahamiyatlidir. Çunki turnirda Kuba, Rossiya, Qozoğiston kabi boks olamidagi yetakçi mamlakatlarning çarm qölqop ustalari ham iştirok etadilar va boksçilarimiz ularga qarşi janglar orqali öz mahoratlarini toblab boradilar. 

Bevosita savolingizga kelsak, «Uzbek Tigers» musobaqaning yangi mavsumida ham bahslarda qatnaşadi. Özbek boksi muxlislariga bayram kayfiyatini ulaşiş maqsadida yurtimiz mezbonlik qiladigan janglar respublikamizning eng yirik va muhtaşam arenalarida taşkil etiladi. Jumladan, kelasi oyda foydalanişga topşiriladigan «Humo» köp tarmoqli arenasi, şuningdek, «Milliy» stadionida ham minglab muxlislar boksçilarimizning mahoratlariga bevosita guvoh bölişlari mumkin. 

Öz navbatida, Milliy olimpiya qömitasi «Özbek yölbarslari»ning samarali faoliyat olib borişi uçun mamlakat boks federatsiyasiga kerakli yordamni körsatişga va har tomonlama qöllab-quvvatlaşga tayyor. Jamoaga barça şart-şaroitlar yaratib beriladi. 

– WSB`ning yangi mavsumida qanday özgarişlar kutilmoqda? Turnir fevral oyida start olardi, lekin 9-mavsum haligaça boşlanmagani sabab göyo AIBA bu turnirni töxtatişi haqida miş-mişlar tarqalmoqda.

– AIBA bu yildan boşlab WSB turniri formatiga özgartiriş kiritişni maqsad qilgan. Xabaringiz bor, Tokio-2020 Olimpiya öyinlarida erkaklar örtasidagi bahslarda vazn toifalari soni 10tadan 8taga tuşirildi va şuning hisobiga ayollar vazn toifasi 5taga oşirildi. Şundan kelib çiqqan holda Butunjahon boks seriyasida ham vazn toifalari 8taga tuşirilib, ikkita ligaga ajratilmoqda. Ya'ni yengil (52, 57, 63, 69 kg) hamda oğir (75, 81, 91, 91+ kg) vaznlar. Musobaqada iştirok etuvçi mamlakat har ikkila ligaga ham öz jamoasini qöyişi mumkin.