Qirğizistonda may oyida beşta dam oliş kuni bölişi mumkin. “Dam oliş kunini köçiriş” haqidagi qaror loyihasi qirğiz hukumati saytida muhokamaga qöyildi.
Xususan, dam oliş va bayram kunlaridan oqilona foydalaniş maqsadida 13 maydagi dam oliş kunini 8 may kuniga köçiriş taklif etilmoqda. Bu faqatgina beş kunlik iş haftasida hamda ikki kunlik dam oliş bilan işlaydigan taşkilotlar, muassasalar va korxonalarga tegişli.
Şu tariqa, qirğizistonliklar beş kun – 5-9 may kunlari hordiq çiqarişlari mumkin. Şanba, 13 may kuni esa iş kuniga aylanadi.
Ma'lumot uçun, 5 mayda Qirğizistonda Konstitutsiya kuni nişonlansa, 9 may – Ğalaba kuni. Bundan taşqari, duşanba, 1 may (Mehnatkaşlar kuni) ham dam oliş kuni hisoblanadi.











