2017 yilning 31 martida Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi yiğilişida «Özbekiston Respublikasi, bir tomondan va Yevropa Hamjamiyatlari hamda ularga a'zo davlatlar, ikkinçi tomondan, örtasida şerikçilik ta'sis etuvçi şerikçilik va hamkorlik töğrisidagi Bitimga ikki tomonlama töqimaçilik Şartnomasining amal muddati tugaganini hisobga olib Bitim qoidalarining töqimaçilik mahsulotlarining ikki tomonlama savdosiga kengroq kölamda qöllaş maqsadida Bitimga özgartiriş kiritiş töğrisida Bayonnomani (Toşkent, 2011 yil 7 aprel) ratifikatsiya qiliş haqida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Bu haqda palata axborot xizmati xabar bermoqda.

Uşbu qonunning qabul qilinişi nafaqat iqtisodiy balki siyosiy jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, qonun qabul qilinişi bilan savdoda eng qulay rejim qöllaniladi. 

Bundan oldin uşbu rejim töqimaçilik tovarlariga nisbatan qöllanilmagan bölib, mazkur tovarlar savdosi Özbekiston va Yevropa Hamjamiyati örtasida töqimaçilik mahsulotlarining savdosi töğrisidagi şartnoma bilan tartibga solingan edi. Unga köra Yevropa ittifoqi hududida  Özbekistondan töqimaçilik tovarlarini import qiliş uçun ikkiyoqlama litsenziyalaş tizimi amal qilgan edi. Öz navbatida, mazkur qonun uşbu şartnomaga qilingan havolalarni töliq bartaraf etadi.

Umuman olganda, uşbu hujjat Özbekiston va Yevropa mamlakatlari örtasidagi hamkorlikni faollaştiriş va yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qiladi.