Afğoniston şimolidagi Balx viloyatida “Tolibon” harakatining 200 ga yaqin jangarisi qurol-aslahalarini taşlab, hukumatga taslim böldi, deb xabar berdi "Sinxua" axborot agentligi.

“Çimtal uyezdida qurollangan odamlar gubernatorning çaqiriğiga köra tinçlik va tartibga soliş jarayoniga qöşildilar”, deya agentlikka xabar berdi noma'lum bölib qolişni istagan amaldor. 

Taslim bölganlar orasida jangarilar yetakçilari Xon Muhammad va Dava Xon bölgan.

Afğonistondagi vaziyat oxirgi oylarda sezilarli darajada yomonlaşgan. Avvalroq mamlakatning qişloq tumanlaridagi katta hududlarni egallagan “Tolibon" radikal harakati hozirda yirik şaharlarga hujum uyuştirmoqda. Şuningdek, mamlakatda IŞID terrorçilik guruhining ta'siri ötgan yilga nisbatan ön marotaba oşgan.