2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça harakatlar strategiyasining 3.3-bandi, ya'ni “Qişloq xöjaligini modernizatsiya qiliş va jadal rivojlantiriş”ga muvofiq, Yer va suv resurslaridan oqilona foydalaniş maqsadida qişloq xöjaligi ekin maydonlarini maqbullaştiriş rejalaştirilgan.

2017 yilda paxta ekin maydonlarini 49 ming gektarga va ğalla maydonlarini 10 ming gektarga qisqartiriş rejalaştirilmoqda. Qisqartirilgan ekin maydonlariga boşqa qişloq xöjaligi ekinlarini joylaştiriş belgilangan:
- 8,1 ming gektar yerga kartoşka;
- 27,2 ming gektar yerga sabzavot;
- 5,9 ming gektar yerga intensiv boğ;
- 2,9 ming gektar yerga tokzor;
- 10,9 ming gektar yerga ozuqa ekinlari;
- 4 ming gektar yerga moyli ekinlar.
Dasturlarda oziq-ovqat mahsulotlari xom aşyo bazasini, meva-sabzavot mahsulotlarini çuqur qayta işlaşni yanada rivojlantiriş, içki iste'mol bozorini mahalliy mahsulotlar hisobiga töldiriş va yuqori qöşimça qiymatga ega bölgan mahsulotlarni eksport qilişni kengaytirişga alohida e'tibor qaratilgan. Şulardan kelib çiqib, bugungi kunda mahsulotlarni tayyorlaş, saqlaş, birlamçi qayta işlaş, va eksporti bilan şuğullanuvçi zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan jami 310 ming tonna xom aşyoni qabul qiliş quvvatiga ega 11 ta savdo-logistika markazlarini taşkil etiş böyiça çora-tadbirlar körilmoqda.











