Davlat rahbarining 4-noyabrdagi tabrigida uşbu natija Yangi Özbekiston tarixidagi rekord sifatida qayd etildi. Prezident uni «paxtaçilik sohasidagi Yangi Özbekiston möʼjizasi» deb atab, dehqonlar, fermerlar, agronomlar, suvçilar, mexanizatorlar, olimlar va klaster xodimlariga minnatdorlik bildirdi.

Tabrikda keltirilişiça, keyingi yillarda çigit ekiladigan maydonlar 38 foizga qisqartirilgan. Ötgan davrda paxtaçilikda örtaça hosildorlik 21 sentnerdan 56 sentnerga yetib, 2,7 karra oşgan. Suv tejovçi texnologiyalar hisobiga suv sarfi 1990-yillarga nisbatan ikki baravar kamaygan.

Taqqoslaş uçun, 2000-yilda mamlakatda 1,4 million gektar maydonga çigit ekilib, jami 3 million tonna paxta terib olingan.

Bu yil qariyb 400 ming gektar yerda örtaça hosildorlik 70 sentnerga yetgan, salkam 70 ming gektarda esa gektaridan 100–110 sentnergaça hosil olingan. Mingga yaqin fermer xöjaligi va klaster örtaça 100 sentnerlik yoki undan yuqori natijani qayd etgan.

Paxtakor tumanidagi Anorboy Eşmatov va Jarqörğon tumanidagi Uluğbek Söpiev har gektardan 110 sentnerdan hosil olgan. Yana 4 mingdan ziyod fermer hosildorlikni örtaça 60–70 sentnerdan, 2,5 ming nafari esa 80 sentnerdan oşirgan.

Jizzax, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida örtaça hosildorlik 60 sentnerdan yuqori bölgan. Qoraqalpoğistonda bu körsatkiç ötgan yillarga nisbatan 10–15 sentnerga oşgan va 400 ming tonnadan ortiq paxta yiğib olingan.

Tumanlar orasida eng katta xirmon Kosonda bunyod etilgan - 110 ming tonna. Mirişkorda 105 ming, Kasbida 95 ming, Nişonda 90 ming tonna paxta terilgan.

Prezident maʼlumotiga köra, hosilning 85 foizi 3 mingdan ortiq paxta teriş maşinasi yordamida 30–35 kunda yiğib olingan. Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida mexanizatsiyalaştiriş darajasi 100 foizga yetgan.

Tabrikda raqamlaştiriş va dronlardan foydalaniş orqali sarf-xarajatlar ikki baravar kamaytirilgani ham taʼkidlangan. Şuningdek, moliyaviy resurslardan oqilona foydalaniş, tölov intizomining yaxşilanişi, subsidiyalaşning takomillaştirilişi va suğurta tizimining yaratilişi natijalarga taʼsir qilgan omillar sifatida körsatilgan.

Kelgusi yilda paxtadan örtaça hosildorlikni 65–70 sentnerga yetkaziş maqsad qilingan. Buning uçun serhosil uruğlik navlari, agrodronlar, suv va energiya tejovçi texnologiyalar hamda sunʼiy intellektdan foydalaniş imkoniyatlari kengaytirilişi bildirilgan.