Angliya premer-ligasining 31-turidan örin olgan markaziy uçraşuvlardan biri «Old Trafford»da bölib ötdi.

Unda «Mançester Yunayted» «Everton»ni qabul qilib, sönggi soniyalarda mağlubiyatdan qutulib qoldi. Uçraşuvning 22-daqiqasida Fil Jagelka tomonidan kiritilgan gol mehmonlarni hisobda oldinga olib çiqqandi. Ikkinçi bölimga hakam tomonidan qöşib berilgan 4-daqiqada Uilyams jarima maydoni içida töpni qöli bilan öynadi. Hakam unga qizil kartoçka körsatiş bilan birga penalti belgiladi. Zlatan Ibrahimoviçning 11 metrlik jarimadan bergan aniq zarbasi öyinni durang natija bilan tugaşiga sabab böldi.

Uşbu durangdan keyin «Mançester Yunayted» hisobidagi oçkolar soni 54taga yetdi va jamoa 5-örinda qoldi. «Everton» esa 51 oçko bilan 7-örinda bormoqda.

APL, 31-tur
Mançester Yunayted – Everton 1:1 (0:1)
Gollar: Ibrahimoviç (90+4, penalti) – Jagelka (22).
Mançester Yunayted: De Xea, Blind (Pogba, 46), Roxo, Bayi, Fellayni, Yang (Şou, 65), Errera, Kerrik (Mxitaryan, 65), Lingard, Ibrahimoviç, Reşford.
Everton: Robles, Xolgeyt, Uilyams, Beyns, Djagelka, Berri, Guyye, Barkli (Kelvert-Lyuin, 80), Devis, Miralyas (Pennington, 67), Lukaku.
Ogohlantirişlar: Guyye (45), Berri (54), Yang (57), Devis (88).
Çetlatiş: Uilyams (90+3, Everton).