Bortida 209 yölovçi bölgan parom Kanadaning Keyp-Breton oroli yaqinida bir neça soatga muz iskanjasida qolib ketdi. Bu haqda CBC telekanali xabar bermoqda.  

Highlanders paromi 4 aprel kuni kunduzi Şimoliy Sidneydan (Yangi Şotlandiya viloyati) yölga çiqib, bir munça vaqtdan keyin muzlar orasida qolib ketgan. Paromda yölovçilardan taşqari 85 ta yuk maşinasi va 65 ta yengil maşina bor bölgan.

Paromga yordam bergani Kanada sohilböyi qöriqlaş xizmatining muzyorar kemasi çaqirtirilgan. Paromga egalik qiluvçi Marine Atlantic kompaniyasi vakilining aytişiça, parom mahalliy vaqt bilan soat 20.00 da muz iskanjasidan ozod qilingan.