China Zorrilla paromini Avstraliyaning Incat Tasmania kemasozlik korxonasi Buquebus operatori buyurtmasi asosida qurgan. Kema ilk tijoriy qatnovini Argentina poytaxti Buenos-Ayres va Urugvayning Koloniya-del-Sakramento şaharlari örtasida amalga oşirdi. La-Plata qöltiği orqali ötadigan yönalişning uzunligi taxminan 55 kilometrni taşkil etadi.
Paromni foydalanişga topşiriş marosimi 21-oktabr kuni Buenos-Ayresda ötkazilgan. Şundan söng kema yölovçilarga xizmat körsatişni boşlagan. Incat maʼlumotiga köra, China Zorrilla töliq akkumulyator elektr energiyasida işlaydigan dunyodagi eng katta kemadir.
Ulkan paromni harakatga keltiriş uçun bortga umumiy oğirligi 250 tonnadan ortiq akkumulyator batareyalari örnatilgan. Ularning jami energiya siğimi 40 megavatt-soatdan ziyod.
Batareyalarda töplangan elektr energiyasi sakkizta elektr yuritmali suvpurkagiçga uzatiladi. Uşbu qurilmalar suv oqimini orqaga yönaltirib, kemani oldinga harakatlantiradi. Şu tariqa parom butun qatnov davomida akkumulyatorlardagi energiyadan foydalanadi.
Kema yölovçilar bilan birga avtomobillarni ham manzilga yetkazadi. Uning siğimi bir vaqtning özida 2100 nafargaça yölovçi va 225 ta transport vositasini qabul qiliş imkonini beradi.
Bortda yölovçilarning safar davomida dam olişi uçun maxsus joylar taşkil etilgan. Şuningdek, qariyb 2300 kvadrat metr maydonni egallagan bojsiz savdo hududi ham mavjud.












