Yaqinda Moskva şahrida bölib ötgan “ProdEkspo — 2017” xalqaro körgazmasi doirasida Özbekiston meva-sabzavot mahsulotlarini yangi bozorlarga, xususan, Möğuliston va Vetnamga yetkazib beriş böyiça kelişuvlarga erişildi. Endilikda mazkur mamlakatlarga sarxil va quritilgan meva, poliz hamda dukkakli mahsulotlar eksport qilinadigan böldi, deb xabar bermoqda “Xalq sözi” gazetasi.
Körgazma doirasida Xitoyning “Honkong Line Trading CO LTD”, Qozoğis-tonning “Metro Keş End Kerri”, Belarusning “Yevrotorg”, Rossiyaning “Çelni-xleb”, “SPAR Tula”, Möğulistonning “Happy Fruits” va boşqa kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar ötkazildi. Uşbu tadbirlar yakunida jami 74 million AQŞ dollarilik sarxil hamda qayta işlangan meva-sabzavot mahsulotlar savdosi böyiça bitim imzolandi.
Germaniya poytaxtida bölib ötgan “Yaşil hafta — 2017” yarmarkasi doirasida esa 151,1 million dollarlik şartnomalar tuzildi. Qişloq xöjaligi, çorvaçilik, boğdorçilik va oziq-ovqat sanoatining eng sönggi yutuqlari namoyiş etilgan yirik forumda 66 mamlakatning 1,6 mingdan ortiq kompaniya hamda fermer xöjaliklari qamrab olindi. Unda Özbekiston kompaniyalari ham munosib iştirok etdi. Mazkur nufuzli xalqaro yarmarkada “Özbekoziqovqatxolding”, “Özvinosanoat-xolding” xolding kompaniyalari, “Özagroeksport” aksiyadorlik jamiyati singari taşqi savdo tuzilmalari, respublikaning turli hududlaridan fermer xöjaliklari Özbekiston agrosanoati salohiyatini namoyiş qilişdi.
Yarmarka doirasida Germaniya, Buyuk Britaniya, Latviya, Janubiy Koreya, Hindiston, Xitoy, BAA va Turkiya vakillari bilan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiliş böyiça bitimlar imzolandi.












