Prezident Şavkat Mirziyoyevga çorvaçilik va parrandaçilik tarmoqlarini rivojlantiriş, göşt va sut mahsulotlari işlab çiqarişni köpaytiriş hamda sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş böyiça işlab çiqilgan çora-tadbirlar taqdim etildi.

Taqdimotda mamlakatda çorvaçilik mahsulotlari işlab çiqarişni köpaytiriş maqsadida xorijdan naslli çorva mollarini olib keliş rejalari ham körib çiqildi.

Rejaga muvofiq, Möğulistondan 150 ming boş qöy, Xitoy va Yevropa davlatlaridan 100 ming boş naslli qoramol, şuningdek, Belarusdan 2 ming boş naslli mol import qilinişi közda tutilgan.

Qayd etilişiça, mazkur çoralar hisobiga mamlakatda yiliga qöşimça 44 ming tonna göşt işlab çiqariş imkoniyati yaratiladi.

Umuman, 2026–2028-yillarda çorvaçilik tarmoğini rivojlantiriş uçun 463 million dollar mablağ yönaltiriş rejalaştirilgan. Şuningdek, faoliyati töxtab qolgan çorvaçilik korxonalarini tiklaş, aholi xonadonlarida yengil konstruksiyali molxonalar quriş, naslçilik işlarini rivojlantiriş va Smart Fermer raqamli platformasini joriy etiş orqali tarmoq samaradorligini oşiriş çoralari belgilandi.

Davlat rahbari loyihalarning iqtisodiy samaradorligini çuqur tahlil qiliş, mablağlarni manzilli yönaltiriş, raqamli monitoring tizimini yölga qöyiş hamda içki bozorni sifatli va hamyonbop göşt-sut mahsulotlari bilan barqaror ta’minlaş yuzasidan mutasaddilarga topşiriqlar berdi.