Möğuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Ulan-Bator şahrida ötkazilayotgan COP17 konferensiyasi doirasida Özbekiston milliy pavilyoniga taşrif buyurdi. Unga Özbekiston prezidentining ekologiya masalalari böyiça maslahatçisi - Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi raisi Aziz Abduhakimov hamrohlik qildi.

Taşrif davomida Möğuliston prezidentiga Özbekistonda ekologiya sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berildi. Şuningdek, atrof-muhitni muhofaza qiliş, iqlim özgarişi hamda ikki mamlakat örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Uxnaagiyn Xurelsux Özbekiston tomonidan ilgari surilayotgan taşabbuslar, ekologik muammolarni hal qiliş borasida qilinayotgan işlarga yuqori baho berdi. Qolaversa, ekologik va iqlim muammolarini hal etişda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlaşga tayyor ekanini qayd etgan.