AQŞ mudofaa vaziri Jyeyms Mettis Suriyadagi aviabazaga zarba berişga tayyorgarlik körilayotgani haqida fikr almaşiş maqsadida britaniyalik hamkasbi Maykl Fellon bilan boğlangan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Fellonning ta'kidlaşiça, mahkamalar rahbarlari muloqot davomida Idlib viloyatida röy bergan kimyoviy hujum holatini, şuningdek Moskvaning Damaşq harakatlariga nisbatan Pentagon javobiga ehtimoliy reaksiyasini muhokama qilişgan. 

«U (Mettis) (kimyoviy hujumga javoban) turli variantlarni işlab çiqdi. Ular prezidentga (Donald Tramp) taqdim etildi, şundan söng menga qönğiroq qildi va aviabazaga tayyorlanayotgan hujum haqida xabardor etdi», - deya aytib ötdi Britaniya mudofaa vazirligi rahbari.

Eslatib ötamiz, 7 aprel kuniga ötar keçasi AQŞ Suriyaning Xoms viloyatidagi hukumat harbiylari nazoratida bölgan Şayrot aerodromiga zarba berdi. Bu suriyalik harbiylar tomonidan Idlibda kimyoviy qurol işlatilganiga javoban yuz berdi. AQŞ özining harbiy kemalaridan 59 ta “Tomagavk” qanotli raketalarini uçirgan.