Iordaniya qiroli Abdulloh II Washington Post gazetasiga bergan intervyusida Suriya masalasiga yeçim topiş uçun AQŞ va YeIni Qrim masalasi böyiça Rossiyaga yon berişga çaqirdi.

Iordaniya monarxining sözlariga köra, Rossiya ayni paytda "uç ölçamli şaxmat öynamoqda", bu öyinda Qrim, Suriya va Ukraina katta ahamiyatga ega.

"Amerikaliklar va yevropaliklar ruslar bilan şu uç masalani birvarakayiga muhokama qilişlari lozim", — deya ta'kidlagan Abdulloh II, bu borada "keskin savdolaşiş" lozimligini ham maslahat berar ekan.

"Ruslar uçun, menimça, eng muhimi bu — Qrim. Agar Qrim masalasida tomonlar hamfikrlilikka kelişsa, fikrimça, Suriya masalasida ança yumşoqlikni kuzata boşlaysiz, Ukraina ham öşanda bugungidek muammoli hudud bölmay qoladi", — degan Abdulloh II.

Qrim Ukrainada sodir bölgan norozilik namoyişlaridan söng, 2014 yil martida ötkazilgan referendumdan söng Rossiya hududiga aylangan edi. Referendumda Rossiya bilan qöşilişni yoqlab qrimliklarning 96,77 foizi, sevastopolliklarning 95,6 foizi ovoz berişgan. Garçi uşbu referendum va hududning Rossiyaga qöşilişi jahon hamjamiyati tomonidan tan olinmagan bölsa-da, Rossiya prezidenti Vladimir Putin yarim orolning hududiy mansubligi masalasi allaqaçon yopilganini ta'kidlagan. Moskva, şuningdek, Qrim Rossiya va AQŞ örtasidagi savdolaşuv uçun sabab böla olmasligini ham alohida ta'kidlab ötgan.