Xarkiv şahridagi «Professional» nomli xususiy maktab asosçilaridan biri, Rossiyada hibsga olingan Aleksandra Kazarovitskaya (Kolesnikova) vafot etgan.

44 yoşli Aleksandra Rossiyada hibsdalik çoğida halok bölgani haqida noyabr oyi boşida döstlari va hamkasblari ijtimoiy tarmoqlarda xabar bergandi. «Novaya gazeta Yevropa» esa bu xabarlarda noaniqlik borligini qayd etgan. Masalan, xabarlarda öqituvçi Sevastopoldagi tergov izolyatorida vafot etgani taxmin qilingandi. Ammo Aleksandra Qrimgaça yetib bormagan.

«Novaya gazeta Yevropa» Aleksandraning döstlari bilan gaplaşib, uning tarixini hikoya qildi. Uşbu öqituvçi ayol – SSSR parçalangaç, Rossiya armiyasiga xizmatga kirgan harbiyning qizidir. Uning ota-onasi RF fuqaroligini olgan va Sevastopolda yaşagan. Maktabni tamomlaganidan keyin Aleksandra öqiş uçun Xarkivga ketgan va hozirgaça öşa yerda yaşab va işlab kelgan (dastlabki xabarlarda u sönggi vaqtlarda Turkiyada yaşagani aytilgandi).

Öqituvçining döstlari u vatanparvar bölgani va tilni mustaqil örganib, ukrain adabiyotiga qiziqib qolganini aytişadi. Yaqinlariga köra, Aleksandra bir neça joyda işlagan, dars bergan va özi ham doim nimadir örganişga harakat qilgan. Qrim anneksiya qilinganidan keyin Aleksandra yarimorolga bormay qöygan. U Qrimda qolişga qaror qilgan ota-onasi bilan goh Turkiyada, goh Gurjistonda uçraşib turgan.

Aleksandraning ölimi haqida birinçilardan bölib uning dugonasi Irina Salnik xabar qildi. U öz xabarida aniqlik kiritişiça, Aleksandra Qrimga boşqa xabarlarda aytilganidek, ota-onasiga uyni sotişda yordam berişga emas, hujjatlarini yangilaş uçun yöl olgandi. Dugonasining sözlariga köra, telefonida katta uruş boşida yozişib turgan ukrainalik köngilli bilan çati tufayli Aleksandrani qölga olişgan. Keyin uni uç oy mobaynida bir kişilik kamerada uşlab turişgan, öşa yerda vafot etganidan keyin esa Sevastopolda dafn etişgan.

Aleksandra Rossiya hududiga qanday kirib kelgani, uni qayerda qölga olişgani va u qaysi tergov izolyatorida saqlangani nomaʼlum. «Novaya gazeta Yevropa» aniqlaşiça, Kazarovitskaya Vladikavkazda halok bölgan. Şundan keyin uning jasadi Sevastopolga ota-onasi oldiga olib borilgan va 3-noyabr kuni öşa yerda dafn etilgan.

Rossiya tomonining rasmiy versiyasiga köra, Aleksandra 24-oktabr kuni öz joniga qasd qilgan. Ammo uning oila aʼzolari va döstlari bunga işonmayapti, ular Kazarovitskayaning dini öz joniga qasd qilişni taqiqlaşini qayd etişmoqda: u buddizmga eʼtiqod qilgan. Aleksandraning dafn marosimida Sevastopoldagi buddizm markazi vakillari ham qatnaşgan. Aleksandraning dugonalaridan biri Anna Zelenskaya-Sumkina aynan ulardan ayolni tergov izolyatorida emas, xususiy uyda «osilgan holatda» topişgani haqida maʼlumot olgan – bu uy qamoğiga öxşaş holat edi. Öqituvçining döstlari uning ölimi haqida xabar çiqqanidan buyon Aleksandrani «Rossiya öldirgani»ni taʼkidlab kelmoqda.