AQŞ prezidenti Donald Trampning bayonot berişiça, u barça sivilizatsiyalaşgan xalqlarni Amerika bilan birga Suriyadagi ommaviy qirğinlar va qon tökilişlarga barham beriş yöllarini qidirişga çaqiradi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar qildi.
Trampning aytişiça, Siriya bazalariga berilgan havo zarbalari «milliy xavfsizlikning eng muhim manfaatlariga» javob beradi.
Uning sözlariga köra, AQŞ öta xavfli kimyoviy qurol tarqalişi va qöllanilişiga «barham berişi kerak».
«Suriya hukumati taqiqlangan kimyoviy qurolni işlatganiga heç qanday şubha yöq», — degan Tramp.
Trampning ta'kidlaşiça, «AQŞ adolatni himoya qilar ekan, dunyoda tinçlik va osoyiştalik hukm suradi».
Xabar qilinişiça, AQŞ Suriyadagi aviabazaga 60ga yaqin qanotli raketalar bilan hujum qilgaç, Tramp jurnalistlar oldida çiqiş qilgan.
Avvalroq, AQŞ Suriya aerodromiga raketa zarbalari bergani haqida xabar qilingan edi.












