Özbekiston çempionatining 5-turidan örin olgan uçraşuvlar nihoyasiga yetdi. 5-turdan keyin kutilmagan natijalar bilan birga turnir jadvalida ham kutilmagan jamoalar yetakçilikni qölga oldi.
Qöqonda mahalliy klub mavsumni kötarinki ruhda boşlagan «Dinamo»ga qarşi maydonga tuşdi va raqibni mağlubiyatga uçratdi. Uşbu ğalabadan keyin «Qöqon» hisobidagi oçkolar soni 10taga yetdi va jamoa çempionatda 1-öringa kötarilib oldi. «Dinamo» esa 9 oçko töplagan holda bir yöla beşta jamoa bilar 3-7 poğonalarni bölişib turadigan böldi.
Namanganning «Navbahor» klubi esa ötgan turda «Paxtakor»ni yutib sensatsiya körsatgan «Maş'al»ni kiçik hisobda taslim etdi. va natijada jamoa 10 oçko töplab peşqadam «Qöqon-1912» bilan tenglaşib oldi. «Maş'al» esa 9 oçko bilan 3-7 örinlarda qolib ketdi. Mavsumni muvaffaqiyatsiz boşlagan «Paxtakor» yangi boş murabbiy bilan 5-turni boşladi va «Metallurg» ustidan ğalaba qozondi. Ravşan Haydarov şogirdlari hisobidagi oçkolar soni 7taga yetdi va jamoa 8-örniga kötarilib oldi.
«Nasaf»ni qabul qilgan «Olmalik» futbolçilari ilk ğalabasini qölga kiritdi va oçkolari soni 4taga yetkazib oldi. Şuningdek bu turda «Buxoro» «Neftçi»ni qabul qilib yirik hisobda ğalaba qozondi. Natijada Özbekistonning beş karra çempioni 5ta öyinda birorta ham ğalaba erişa olmasdan haqli ravişda sönggi öringa tuşib ketdi.
Oliy liga, 5-tur
«Qöqon-1912» – «Dinamo» 2:1 (1:0)
Gollar: Nosir Otaqöziyev (14), Filip Rayyevats (48) — Sardor Sulaymonov (80).
«Paxtakor» – «Metallurg» 1:0 (1:0)
Gol: Jasur Hakimov (12).
«Navbahor» – «Maş'al» 1:0 (0:0)
Gol: Hasan Ergaşev (69).
Çetlatiş: Zafar Törayev (73, Maş'al).
«Söğdiyona» – «Obod» 1:0 (0:0)
Gol: Sanjar Raşidov (89).
«Olmaliq» – «Nasaf» 1:0 (0:0)
Gol: Kamoliddin Murzoyev (49).
«Buxoro» – «Neftçi» 3:0 (2:0).
Gollar: Hamza Karimov (4, avtogol), Ivan Nagayev (44), Ivor Veytser (90).











