Şuningdek, u Kriştianu Ronaldu bilan nega suratga tuşmagani, Fabio Kannavaro faoliyatiga munosabati, xorijda işlaş rejalari va hayotidagi eng oğir yöqotiş haqida ham gapirdi.

Islombek Ismoilov 33 yoşida mamlakatning amaldagi çempioni «Neftçi» ustoziga aylangan. Bu tayinlov köpçilikda qator savollar tuğdirgandi: u klubdagi katta nomga ega futbolçilar bilan til topişa oladimi? Jamoaning öyin uslubini özgartira oladimi? Mutaxassis Kun.uz muxbiri bilan suhbatda şu kabi savollarga javob qaytardi.

33 yoşida «Neftçi»ga boş murabbiy bölgani haqida

Klubga kelayotganda qörquv yöq edi. Agar qörqqanimda, bu yölga kirmagan bölardim. Töğri, biroz ikkilaniş bölgan. Çunki yoşlar terma jamoasidan töğridan töğri katta maqsadlari bor klubga ötdim.

Lekin doim özimga işonganman. Atrofimdagi insonlar töğri maslahat berişgan. Farğona viloyati hokimi [Xayrullo Bozorov] ham suhbatlarimiz davomida qöllab-quvvatlaşini bildirgan, menga katta işonç bildirgan. Bu ham qöşimça kuç bergan.

Vodiy klublaridan nega aynan «Neftçi»ni tanlagani haqida

Bu yoşimda uçta katta maqsadli klubning («Neftçi», «Navbahor», «Andijon») taklif bildirişi men uçun juda quvonarli holat bölgan. Ularning barçasidan minnatdorman.

«Neftçi»ni tanlaşimning asosiy sababi - özim farğonalikman. Yoşligimizdan şu jamoaga muxlislik qilganmiz. Otam «Neftçi»da öynagan, şu yerda işlagan. Oilamiz hayoti ham maʼlum maʼnoda şu klub bilan boğliq bölgan.

Bu boşqa jamoalarga hurmatsizlik emas. Men özim tuğilib ösgan joyni, «Neftçi»ni yaxşi köraman. Boşqa jamoani tanlaşim özimga nisbatan adolatsizlik bölardi.

Klubda qanday qabul qilişgani haqida

Albatta, bu futbolçilar yoşlar terma jamoasidagilardan farq qiladi. Özbekistonning eng yetuk, öz nomiga ega, xorijda va yuqori darajadagi jamoalarda öynagan futbolçilari bor.

Ularning holatini ham tuşunganman. Ular uçun ham bu oson vaziyat bölmagan. Lekin men öz bilimim, mehnatim va harakatim bilan ularning köngliga yöl topa olişimga işonganman.

Boşida oson bölmadi. Keyinçalik futbolçilar nima xohlayotganimni tuşuna boşlaşdi. Munosabatlarimiz yaxşilandi. Mana, töqqiz-ön oy bölayotgan bölsa, birorta futbolçi bilan jiddiy konflikt yuz bermadi.