AQŞ prezidenti Donald Trampning nabirasi - 5 yoşli Arabella Kuşner Xitoy xalq respublikasi raisi Si Tszinpinga xitoy tilida qöşiq kuylab berdi. Bu haqda uning onasi Ivanka Tramp tvitter’dagi sahifasida xabar berdi.

«Arabellay va Jozef hamda ularning prezidenti Si Tszinpin va Pen Liyuan xonimning AQŞga rasmiy taşrifiga atab çiqiş qilişgani bilan juda faxrlanaman», - deya yozgan Ivanka.

Ivanka Tramp tomonidan taqdim etilgan videoda Arabellaning xitoy tilidagi qöşiqni fortepiano jörligida kuylayotganini köriş mumkin.

Avvalroq Ivanka Tramp Suriyaga berilgan zarbadan keyin otasi bilan faxrlanişini aytgani haqida ham xabar bergandik.