Ispaniyada bir erkak "amerikança tepaliklar" attraksionida uçiş vaqtida quş bilan töqnaşib ketdi. Uşbu holatning attraksion vagonetkasiga örnatilgan kameradan yozib olingan videosi YouTube’dagi ValeRocks kanalida joylaştirildi.
Voqea Barselona yaqinidagi "Park Aventura" köngiloçar boğida yuz bergan. Yevropadagi eng katta vertikal tezlaştirgiç Red Force’da uçiş vaqtida erkakning tomoğiga parvoz qilayotgan quş kelib urilgan. Körinişiça, zarba kuçli bölganidan erkak bir fursat nafas ololmay qolgan. Erkak bir neça soniyadan keyin öziga kelgaç, unga quş kelib urilganini anglagan va tomoğiga yopişib qolgan quşni çetga otib yuborgan. Erkak, şuningdek, quşning urilişidan yuzidan jarohat olganini köriş mumkin.
Videoga qoldirilgan izohlarda vagonetkaning 180 km/soat tezlik bilan harakatlangani va erkak yuzida töqnaşuvdan keyin qon izlari qolganidan quşning taqdiri erkaknikidan ança ayançliroq tugagani taxmin qilingan.












