Angliyadagi Saut-Şilds şahridagi şifoxona vafot etganlarning tana a'zolarini ularning yaqinlari ruxsatisiz olgan va "belgilangan muddatdan köproq" vaqt saqlagan. Bu haqda Belfast Telegraph naşri xabar bermoqda. 

Naşrning yozişiça, inson töqimalari namunalari 2015 yil mart oyidagi tekşiruv davomida topilgan. Öşanda bu töqimalar "belgilangan muddatdan köproq" saqlangani aniqlangan. Jumladan, Sara Simpson ismli ayol uning otasi 1995 yilda vafot etgani, uning oilasi otasi jasadini krematsiya qilgani va marhumning jasadiga tegilmagan deb hisoblab kelinganini ma'lum qildi. Biroq şifoxona ayolning otasi tana a'zolarini qarindoşlari roziligisiz olgan va 22 yil davomida saqlagan. 

Ayni vaqtda politsiya topilgan namunalarni identifikatsiya qiliş uçun tergov olib bormoqda. Buning uçun politsiyaning maxsus xodimlari tana a'zolari donorlari bölişi mumkin bölganlarning oilalari bilan şaxsan uçraşmoqdalar.