Futbol böyiça jahon çempionati çorak finali doirasida bölib ötişi kutilayotgan Angliya va Norvegiya milliy jamoalari örtasidagi uçraşuv vaqti harorat keskin kötarilişi sababli özgarişi mumkin, deb yozmoqda Daily Mail.

Naşr xabariga köra, Janubiy Floridada issiqlik tölqini paydo bölişi xavfi juda yuqori bölib, futbol uçraşuvi boşlanadigan vaqt - soat 17:00da (Toşkent vaqti bilan 02:00) harorat 29-32 darajaga, haroratni his qiliş esa 44 darajagaça yetişi mumkin.

Mayami şahrining X ijtimoiy tarmoğidagi akkaunti aholini «köproq suv içiş, yengil kiyiniş va oçiq havoda kamroq harakatlaniş»ga çaqirdi.

“Yuqori harorat va namlik jazirama bilan boğliq kasalliklar xavfini oşirişi mumkin. Köproq suv içing, yengil kiyimlar kiying, kunning eng issiq paytida köçada kamroq yuring va imkon bölsa vaqtingizni konditsionerli xonada ötkazing”, deyiladi ogohlantirişda.

Professional futbolçilar manfaatlarini himoya qiluvçi FIFPRO taşkiloti havo harorati 28 darajadan yuqori bölgan taqdirda matçlarni köçirişni tavsiya qiladi.

Daily Mail Sport naşrining aniqlik kiritişiça, hozirça bugungi öyin vaqtini köçiriş rejalaştirilmayapti.

Angliya va Meksika milliy jamoalari örtasidagi nimçorak final bahsi ob-havoning yomonlaşuvi sababli bir soat keyin boşlangandi