Maykl Kerrik «Mançester Yunayted» boş murabbiyiga aylandi. Klubning ma’lum qilişiça, 44 yoşli mutaxassis mavsum oxirigaça şu lavozimga tayinlangan.
«Mançester Yunayted» APL 21-turidan keyin 32 oçko bilan turnir jadvalida 7-örinda bormoqda. Ruben Amorim işdan böşatilgandan söng, jamoani ikki öyinda Darren Fletçer boşqardi.
Kerrik 2006 yildan 2018 yilgaça «Mançester Yunayted»da öynagan. U 5 marta APL ğolibi, Angliya Kubogi, Liga Kubogi (2 marta) va mamlakat Superkubogida (6 marta) ğolib bölgan. Xalqaro maydonda «MYu» bilan Çempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi va klublar örtasidagi jahon çempionatida ğolib çiqqan.
Kerrik murabbiylik faoliyatini 2018 yilda boşladi va «Mançester Yunayted»da boş murabbiy yordamçisi böldi. 2022-2025 yillarda «Midlsbro» klubini boş murabbiy sifatida boşqardi.








