«Mançester Siti» klubi Angliya Kubogi finalida «Çelsi»ni 1:0 hisobida mağlub etdi. Yagona golni 72-daqiqada Antuan Semeno urdi.
Özbekiston milliy jamoasi himoyaçisi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda tuşib, öyin oxirigaça harakat qildi.
Bu «Mançester Siti» klubining mavsumdagi ikkinçi sovrini böldi. Fevral oyida jamoa Liga Kubogida ğalaba qozongan edi.
«Mançester Siti» umumiy hisobda 8-marta Angliya Kubogini qölga kiritdi va bu körsatkiç böyiça «Liverpul», «Çelsi» va «Tottenhem» bilan tenglaşdi. Uşbu sovrinni eng köp marta «Arsenal» qölga kiritgan – 14. «Mançester Yunayted» hisobida 13 ta Kubok bor.
Şu bilan birga, «şaharliklar» ayni paytda Angliya Premer Ligasi ğolibligi uçun ham kuraşmoqda. Turnir yakunlanişiga 2 tur qolganida Pep Gvardiola şogirdlari peşqadam «Arsenal»da ikki oçko ortda bormoqda.








