Pekin ma'muriyati çet ellik maxsus xizmat josuslarini aniqlaş borasida yangi dasturni amaliyotga tatbiq etişni boşladi. Unga köra, xorijiy ayğoqçilar va razvedka xizmatlari xodimlarining faoliyatini foş etişga yordam beruvçi ma'lumotlarni taqdim etgan fuqarolarga 500 ming yuan (72,4 ming dollar) pul mukofoti beriladi, deb xabar qilmoqda Xitoy OAV.
Boşqarma 10 aprel kuni "Josuslik faoliyatini foş etganlik uçun fuqarolarni moddiy rağbatlantiriş dasturi"ni e'lon qildi.
Şahar jamoat xavfsizligi boşqarmasi bayonotida aytilişiça, xorijiy razvedka xizmatlari, josuslar va "boşqa duşman kuçlar" xorijiy davlatlar bilan aloqalarning kengayişidan, mamlakatga keluvçi va undan çiquvçilar sonining ortişidan foydalangan holda "siyosiy norozilik, ayirmaçilik faoliyati, isyonga çorlovlar va boşqa turdagi tartibsizliklarga çaqiriqlar"ni amalga oşirişmoqda.
12 moddadan iborat hujjatda xabarlarning muhimligiga köra belgilangan narxlar jadvali ham keltirilgan. Josuslar faoliyatini sezgan fuqarolar ular haqida telefon orqali, maktub yuboriş yoki davlat xavfsizligi boşqarmasiga rasman keliş bilan ma'lum qilişlari mumkin böladi.












