Kaliforniya ştatining San-Bernardino okrugidagi North Park boşlanğiç maktabida sodir etilgan otişmada ikki kişi halok bölgan. Jinoyatçi öz joniga qasd qilgan. Bu haqda mahalliy politsiya boşliği ma'lum qildi.
Avvalroq 4 kişi jarohatlangani ma'lum qilingandi.
"Biz bu qotillik va öz joniga qasd qiliş bölgan, deb hisoblaymiz", deb aytdi mahalliy politsiya boşliği Jarred Berguan tvitterda. Uning ma'lumotlariga köra, otişma sinfda sodir etilgan. Oqibatda 2 nafar katta yoşli kişi halok bölgan. Ikki nafar öquvçi şifoxonaga yetkazilgan.
"Keyingi xavf yöq" deb yozdi Berguan va politsiya voqea joyida iş olib borayotgani, öquvçilar yaqin oradagi maktab binosiga evakuatsiya qilinganlarini ta'kidlab ötdi.
Otişma haqidagi xabarlar tarqalgandan keyin öq uzgan kimsa bartaraf etilgani ma'lum bölgan.
AQŞdagi boşlanğiç maktabga 5 yoşdan 12 yoşgaça bölgan bolalar qatnaydilar.












