AQŞ harbiylari va razvedkasi Suriya harbiy xizmatçilari va kimyoviy ekspertlarining muzokaralarini tinglaşga muvaffaq bölgan. Ular Idlibda zarindan foydalangan holda kimyoviy hujumni amalga oşirişni muhokama qilişgan. CNN telekanali yuqori lavozimli manbasiga tayangan holda şu haqda xabar qilmoqda.
Telekanalga köra, ma'lumotlar ehtimoliy kimyoviy xuruj uyuştirilganidan söng bir neça soat davomida ötkazilgan razvedka amaliyoti çoğida qölga kiritilgan. Amerika mulozimlarining aytişiça, Suriya prezidenti Başar Asadning uşbu hujum uçun javobgarligida "şubha yöq".
Mulozimning qayd etişiça, Vaşington hujum bölişini bilmagan. AQŞ Suriya va Iroq kabi mamlakatlarda juda köplab ma'lumotlar töplaydi. Biroq, biror hodisa bölmagunça, bu ma'lumotlarni qayta işlamaydi.












