Xitoyda öta tezkor internetga möljallangan "Şitszyan-13" sun'iy yöldoşi Siçuan viloyatidagi Siçan kosmodromidan orbitaga uçirildi. "Sinxua" axborot agentligining ma'lum qilişiça, sun'iy yöldoş samolyot va tezyurar poyezdlarda internetda HD-videoni körişni ta'minlay oladi.     

Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, sun'iy yöldoş Xitoyning avvalgi barça sun'iy yöldoşlarining umumiy ötkaziş qobiliyatidan kattaroq ötkaziş qobiliyatiga ega. Sun'iy yöldoş yaqin 15 yil davomida geostatsionar orbitada qoladi va butun Xitoyni qoplovçi global Wi-Fi tarmoği yaratiş maqsadida orbitaga uçiriladigan bir qator sun'iy yöldoşlarning bir qismi böladi. 

Xitoyning milliy mudofaa uçun fan, texnologiya va sanoat davlat boşqarmasining ma'lum qilişiça, bu tarmoqda internetga ulaniş tezligi 20 Gb/soniyaga yaqinni taşkil qiladi. 

Ma'lumotlarga köra, sun'iy yöldoş Xitoy koinot texnologiyalari akademiyasi muhandislari tomondan yaratilgan. Ta'kidlanişiça, yangi sun'iy yöldoş yordamida, jumladan tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar vaqtida boriş qiyin bölgan hududlarda qutqaruvçilar uçun aloqa ta'minlanadi.

Xitoy hukumati sun'iy yöldoşlarning keyingi uçiriliş sanalarini oşkor qilmagan. Şunisi ma'lumki, 2017 yilda bunday parvozlardan oltita böladi, tarmoq esa 2025 yilgaça töliq işlay boşlaydi.