Andijon viloyat jismoniy tarbiya va sport Boşqarmasi taşabbusi bilan viloyat xalq ta'limi boşqarmasi tasarrufidagi Bolalar şaharçasida xayriya tadbiri taşkil qildi.
Ezgulik, mehr-muruvvat, odamiylik va oqibat kabi xislatlar özbek xalqining tomiri, qon-qonida jöş uradigan fazilatlardandir. Xalqimizda “Muruvvat dilni poklaydi” degan purma'no hikmat bor. Ota-bobolarimiz azal-azaldan mehrga muhtoj insonlarni yöqlab, ularga muruvvat körsatişni öziga eş bilib kelganlar.


Andijon şahridagi uşbu "Bolalar şaharçasi" yurtimizda yoşlarga körsatilayotgan ğamxörlikning yorqin namunasidir. Mazkur majmua 16 ta zamonaviy uy-joy, yopiq suziş havzasi, boks va gimnastika zallari, stadion, yozgi amfiteatr hamda musiqa zalini özida mujassamlaştirgan. Maskanda 80 nafar tarbiyalanuvçi ta'lim va tarbiya oladi.


Ötkazilgan uçraşuv davomida “Andijon” klubi futbolçilari Anvar Berdiyev va Ibrohim Otaxonov, Sanjar Asqaraliyev, Farhod Bekmurtov bolalar tomonidan berilgan qiziqarli savollarga javob berdi. Söng futbol klubi a'zolari va tarbiyalanuvçilarning ikki jamoasi maydonda bir-birlariga qarşi töp surişdi.
Tadbir davomida bolajonlarga Andijon jismoniy tarbiya va sport boşqarmasi, “Andijon” futbol klubi tomonidan futbol töplari va sport anjomlari sovğa qilindi.


- Bugungi uçraşuv davomida bolajonlar yuzidagi tabassum, quvonçni körib juda ta'sirlandik,-deydi viloyat jismoniy tarbiya va sport boşqarmasi rahbari Ozodbek Saidov. - Boşqarmamiz şaharçadagi tarbiyalanuvçilarning istagan sport turlari bilan şuğullanişlari uçun şaroitlar yaratib beradi. Maskan mutasaddilari bilan muntazam ravişda bugungidek tadbirlar ötkazişni ham rejalaştirib oldik.
Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon











