Amerikaning Apple korporatsiyasi Yaponiyaning Toshiba kompaniyasiga tegişli yarim ötkazgiçlar va xotira qurilmalari işlab çiqaruvçi biznesining bir qismini xarid qilişi mumkin. Bu korxonalar, yapon kompaniyasining Westinghouse Electric şö'ba bölimi tomonidan körilgan yirik moliyaviy zararlar tufayli oğir ahvolda, deb xabar qilmoqda NHK telekompaniyasi.

Ma'lumotlarga köra, Apple 1 aprelda taşkil etilgan Toshiba Memory kompaniyasining 20-30 foiz aksiyasini xarid qilişi mumkin. Hozirça, bitimning aniq summasi ma'lum emas. Bu Amerika korporatsiyasiga, yarim ötkazgiçlar borasida barqaror poydevorni taqdim etadi. Çunki kompaniya özi işlab çiqarayotgan mahsulotlar, jumladan, iPhone smartfonlarida Yaponiya kompaniyasi mahsulotlaridan foydalanadi. 

Bundan taşqari, Apple uşbu biznesni xarid qiliş uçun Tayvanning Foxconn savdo belgisi bilan yaxşi taniş Hon Hai Precision Industry kompaniyasi bilan birlaşişi ham mumkin. Bu esa, Toshiba kompaniyasiga Toshiba Memory şö'ba koxonasining nazorat paketini ixtiyorida saqlab qoliş hamda texnologiyalarning tarqalişiga doir muammoga yordam beradi. 

Nikkei işbilarmonlar gazetasining yozişiça, Toshiba Memory uluşini sotib olişga, şuningdek, Janubiy Koreyaning SK Hynix va Amerikaning Broadcom va Western Digital kompaniyalari ham da'vogarlik qilmoqda. Western Digital Toshiba bilan hamkorlikda Yaponiyaning Iokkaiti şahrida mikroçiplar işlab çiqaruvçi zavodini boşqaradi.