Ma'lumki, aliment undirişda bolaning ota-onasi özaro nikohda ekani yoki ular örtasidagi nikoh tugatilgani ahamiyatli emas. Aliment undirişda tuğilganlik haqidagi guvohnomada qayd etilgan otalik töğrisidagi yozuv hamda bolaga ixtiyoriy ravişda ta'minot berişdan böyin tovlaş asos böladi. 

Sud departamentining Toşkent şahar hududiy boşqarmasining Bektemir tumani Sud ijroçilari bölimi tomonidan tumandagi Radio kasb hunar kollejida brifing taşkil etildi. Unda tuman içki işlar bölimi xodimlari, jinoyat işlari böyiça Bektemir tuman sudi, mahalla faollari, kollej öqituvçi va öquvçilari qatnaşişdi.

Mazkur tadbirda profilaktika işlarini jadallaştiriş, yoşlar örtasidagi jinoyatçilikning oldini oliş, odam savdosi va har xil diniy oqimlarga kirib ketmaslik borasida tuman içki işlar bölimi boşliq örinbosari L.Xudoyberdiyev, IIB tergov bölim boşliği R.Isoqov tomonidan yiğilganlarga tahlillar asosida tuşunçalar berib ötildi. Şu bilan birga Sud departamentining Toşkent şahar hududiy boşqarmasi bölim boşliği S.Xidirov hududiy boşqarmaning suriştiruv sektori tomonidan alimentni öz vaqtida tölamay kelayotgan qarzdorlarga nisbatan 2014 yilda jami 131, 2015 yilda 209 va 2016 yilda jami 306 jinoyat işlari qözğatilganligi haqida alohida töxtaldi.

Raqamlarga murojaat qilinadigan bölsa, Sud departamentining Toşkent şahar hududiy boşqarmasi iş yurituvida 2017 yil 31 mart holati böyiça jami 20024 alimentdan qarzdorlik holati qayd etilgan. 

Sud ijroçilari tomonidan aliment undiriş töğrisidagi ijro hujjatlari böyiça oxirgi 3 yil davomida taqqoslaydigan bölsak, qarzdorlarga nisbatan 2014 yilda jami 41 fuqaroga, 2015 yilda 39 fuqaroga, 2016 yilda jami 35 fuqaroga nisbatan qidiruv e'lon qilingan. 

Özbekiston Respublikasining amaldagi qonuniga muvofiq voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz şaxslarni moddiy ta'minlaşdan böyin tovlaş uçun jinoiy javobgarlik belgilangan. Jinoyat Kodeksining 122-moddasiga binoan, moddiy yordamga muhtoj bölgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz şaxsni moddiy ta'minlaşdan böyin tovlaş ya'ni sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilişi lozim bölgan mablağni jami bölib 3 oydan ortiq vaqt mobaynida tölamaslikka nisbatan eng kam oylik iş haqining 50 barobarigaça miqdorida jarima, 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki olti oygaça qamoq jazosi tayinlanadi.