Oila kodeksiga köra, ota-ona nikohda bölişi yoki alohida yaşaşidan qatʼi nazar, voyaga yetmagan farzandini taʼminlaşi şart. Agar ota yoki ona bu majburiyatni bajarmasa, aliment özaro kelişuv bilan yoki sud orqali undiriladi. 2026-yil 1-sentabridan bir bola uçun aliment oyiga 360 400 sömdan kam bölişi mumkin emas.
Kun.uzKun.uz
Maqoladagi maʼlumotlar 2026-yil 1-oktabr holatiga köra amaldagi qonunçilik asosida tayyorlangan. Qonunçilikdagi özgarişlar sabab ayrim tartib va summalar keyinçalik özgarişi mumkin.
Aliment qanday tartibda tölanadi?
Oila kodeksining 96-moddasiga köra ota-ona voyaga yetmagan farzandiga taʼminot berişi şart. Bu majburiyat ota va onaning ikkalasiga ham tegişli.
Alimentni ota-ona özaro kelişgan holda ixtiyoriy ravişda tölaşi mumkin. Buning uçun sudga murojaat qiliş şart emas. Ota-ona aliment miqdori, uni tölaş usuli va muddatini notarial tasdiqlangan kelişuvda belgilaşi ham mumkin. Kelişuvga köra aliment:
daromadning maʼlum qismi;
vaqti-vaqti bilan tölanadigan qatʼiy summa;
bir yöla tölanadigan summa;
mol-mulk beriş yoki boşqa usulda tölanadi.
Voyaga yetmagan bola uçun kelişilgan aliment miqdori sud undira oladigan miqdordan kam bölmasligi kerak.
Agar ota-onadan biri farzandini taʼminlaşda iştirok etmasa, aliment sud orqali undiriladi. Buning uçun aliment oliş huquqiga ega şaxs maʼlum muddat kutişi şart emas. Aliment, umumiy qoida böyiça, sudga murojaat qilingan kundan boşlab undiriladi.
Qanday murojaat qilinadi?
Aliment undiriş bilan boğliq işlar fuqarolik işlari böyiça sudlarda köriladi.
Aliment undiriş töğrisidagi ariza, umumiy qoida böyiça, javobgarning yaşaş joyidagi sudga beriladi. Şu bilan birga, aliment talab qiluvçi şaxs özi yaşab turgan joydagi sudga ham murojaat qilişi mumkin.
Aliment undiriş haqidagi daʼvolar böyiça daʼvogar davlat bojini tölaşdan ozod qilingan. Bu qoida “Davlat boji töğrisida”gi qonunning 8-moddasida belgilangan.
Sudga arizani qoğoz şaklida topşiriş bilan birga, qonunçilikda belgilangan tartibda elektron şaklda ham yuboriş mumkin.
Mavzuga oid
Qanday hujjatlar kerak?
Aliment undirişda sudga beriladigan hujjatlar talabning turiga va iş holatiga qarab farq qiladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
aliment undiriş töğrisidagi ariza;
bolaning tuğilganlik haqidagi guvohnomasi;
nikoh tuzilgan yoki bekor qilinganini tasdiqlovçi hujjat, agar mavjud bölsa;
taraflar haqidagi zarur maʼlumotlar;
talabni tasdiqlovçi boşqa hujjatlar, agar mavjud bölsa.
Agar alimentni undiriş bilan birga otalikni belgilaş kabi boşqa talab ham qöyilsa, işning tartibi va taqdim etiladigan hujjatlar ham özgaradi.
Şuning uçun ariza berişdan oldin aynan sizning holatingizga mos sud hujjati namunasidan foydalaniş maʼqul. Oliy sudning my.sud.uz portalida fuqarolik işlari böyiça sudga murojaat qiliş uçun tayyor hujjat namunalari joylaştirilgan.
Qanday ariza beriladi?
Aliment undiriş uçun ikki xil tartibda murojaat qilinadi. Agar taraflar örtasida nizo bölmasa, Fuqarolik protsessual kodeksining 170-moddasi asosida sud buyruğini beriş töğrisida ariza beriladi. Oila kodeksining 136-moddasida bunday talab buyruq tartibida körib çiqilişi belgilangan.
Masalan, bolaning tuğilganlik haqidagi guvohnomasida ota sifatida körsatilgan şaxs farzandini taʼminlamayapti va otalik böyiça nizo yöq. Bunday holatda aliment undiriş uçun sud buyruği tartibidan foydalaniladi.
Daʼvo arizasi esa nizo mavjud bölgan yoki masalani sudning töliq körib çiqişi talab etiladigan holatlarda beriladi.
Masalan, otalik belgilanmagan bölsa yoki aliment miqdorini qatʼiy summada belgilaşda daʼvo tartibida murojaat qilinadi.
Kun.uz
Aliment undiriş haqida daʼvo ariza namunasi.
Onlayn ariza beriş mumkinmi?
Oliy sudning my.sud.uz portali orqali fuqarolik işlari böyiça sudlarga elektron şaklda ariza yuboriş mumkin. Portalda sudga murojaat qiliş, sud işini kuzatiş va sud hujjatlari namunalari bilan tanişiş imkoniyati ham taqdim etiladi.
cabinet.sud.uz saytidagi şaxsiy kabinetning boş sahifasi. Murojaatlar bölimi.
Qaysi hollarda ariza qaytariladi yoki qabul qilinmaydi?
Umumiy tartibda sud arizani iş yuritişga qabul qiliş, qabul qilişni rad etiş yoki qaytariş masalasini qonunda belgilangan asoslar böyiça hal qiladi. Arizada zarur maʼlumotlar körsatilmagani, talab notöğri tartibda berilgani yoki boşqa protsessual kamçiliklar ayrim hollarda arizaning qaytarilişiga sabab böladi.
Nizo mavjud yoki mavjud emasligi aliment masalasida esa eng muhim farqlardan biridir. Masalan, bolaning otasi tuğilganlik guvohnomasida körsatilmagan bölsa va otalikni belgilaş talab qilinsa, bunday masalani oddiy aliment böyiça sud buyruği bilan hal qilib bölmaydi. Bunda daʼvo tartibi qöllanadi. Şuning uçun ariza berişdan oldin talabning özini töğri belgilaş muhim. Aks holda, bu ham ariza qaytarilişiga sabab bölişi mumkin.
Aliment miqdori qança böladi?
Agar ota-ona örtasida voyaga yetmagan bolani taʼminlaş böyiça kelişuv bölmasa, sud alimentni aliment tölovçining har oydagi iş haqi va boşqa daromadidan quyidagi uluşlarda undirişni belgilaydi:
bir bola uçun: daromadning 1/4 qismi;
ikki bola uçun: 1/3 qismi;
uç va undan ortiq bola uçun: 1/2 qismi.
Bunda har bir bola uçun undiriladigan aliment miqdori qonunçilikda belgilangan mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bölmasligi kerak.
2026yil 1-sentabrdan mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori oyiga 1 360 000 söm etib belgilangan. Şundan kelib çiqib, 26,5 foiz 360 400 sömni taşkil qiladi. Agar mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori özgarsa, alimentning uşbu eng kam çegarasi ham özgaradi.
Sud amaliyotidan misol: Quyi Çirçiq tumanlararo sudining 2-1103-2504/15494-sonli işida ona dastlab bir nafar farzandi uçun aliment undiriş haqida sud buyruği olgan. Keyinçalik otaning eʼtirozi sabab buyruq bekor qilingan. Şundan söng ona aliment undiriş talabi bilan daʼvo arizasi tartibida sudga murojaat qilgan. Sud iş holatlarini örganib, otadan bolaning voyaga yetguniga qadar uning barça turdagi daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment undiriş haqida qaror çiqargan.
Aliment har doim foizda belgilanadimi?
Agar aliment tölovçining daromadi özgarib tursa, bir qismi natura körinişida olinsa yoki rasmiy iş haqi bölmasa, aliment sud tomonidan har oy tölanadigan qatʼiy summada belgilanişi mumkin.
Masalan, ota rasman iş joyiga ega bölmasa yoki daromadi oyma-oy keskin özgarib tursa, faqat iş haqining 1/4 qismini undiriş bolaning manfaatlarini yetarli darajada taʼminlamasligi mumkin. Bunday holatda alimentni qatʼiy summada belgilaş masalasi kötariladi.
Qaysi hollarda aliment miqdori kamaytiriladi?
Aliment miqdori ayrim hollarda sud tomonidan kamaytirilişi mumkin. Buning uçun qonunda körsatilgan asoslar bölişi va sudga murojaat qilinişi kerak. Sud hujjatida belgilangan summani özboşimçalik bilan kamaytiriş mumkin emas.
Oila kodeksining 105-moddasiga köra, aliment tölayotgan ota yoki onaning boşqa voyaga yetmagan bolalari bölib, undan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirilişi oqibatida öşa bolalar moddiy jihatdan kamroq taʼminlansa, tölov miqdori kamaytirilişi mumkin.
Şuningdek, aliment tölayotgan ota yoki onaning nogironligi, moddiy jihatdan qiynalayotgani yoki aliment olayotgan şaxs mustaqil daromadga ega ekani, sud tölov miqdorini kamaytirişiga sabab bölişi mumkin.
Qanday undiriladi?
Sud hujjati yoki boşqa ijro hujjati asosida aliment majburiy tartibda undiriladi. Aliment böyiça sud buyruği ham ijro hujjatlaridan biri hisoblanadi. Majburiy ijroni amalga oşirişda Majburiy ijro byurosi iştirok etadi.
Aliment tölanmasa nima qiliş kerakligi haqida boşqa maqolada maʼlumot beramiz.
Qaysi kundan hisoblanadi?
Umumiy qoida böyiça aliment sudga ariza berilgan kundan boşlab undiriladi. Biroq ayrim hollarda sud ötgan davr uçun ham aliment undirişga qaror qilişi mumkin. Buning uçun ariza berişdan oldin taʼminot oliş çoralari körilgani, ammo aliment tölaşi kerak bölgan şaxs tölaşdan boş tortgani sababli mablağ olinmagani aniqlanişi kerak. Bunday vaziyatda ötgan davr uçun aliment uç yilgaça bölgan muddat doirasida undirilişi mumkin.
Aliment tölovçi çet elga ketsa, aliment qanday undiriladi?
Oila kodeksining 145-moddasiga köra, aliment tölovçi doimiy yaşaş uçun yoki uç oydan ortiq muddatga çet davlatga ketayotgan bölsa, u aliment oluvçi bilan aliment tölaş töğrisida kelişuv tuzişi şart.
Agar bunday kelişuvga erişilmasa, manfaatdor şaxs alimentni qatʼiy summada belgilaş, uni biryöla tölaş, aliment evaziga muayyan mol-mulk beriş yoki boşqa usulda tölaşni talab qilib murojaat qiliş mumkin.
Aliment tölaş qaçon tugaydi?
Sud tartibida undiriladigan aliment bola voyaga yetganda yoki voyaga yetmasdan turib töla muomala layoqatiga ega bölganda tugaydi. Lekin, ota-ona farzand voyaga yetgan bölsa ham mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj farzandiga ham aliment tölaş majburiyati Oila kodeksi 100-moddasida byelgilangan.
Şuningdek, aliment undirilayotgan bola farzandlikka olinganda, ayrim turdagi aliment oluvçining mehnatga layoqati tiklanganda yoki u yordamga muhtoj bölmay qolganda, aliment oluvçi yoki tölovçi vafot etganda majburiyat tugaydi.
Nima yodda qolişi kerak?
Alimentni ota-ona özaro kelişib ixtiyoriy tölaydi yoki notarial kelişuv tuzadi.
Voyaga yetmagan bola uçun aliment masalasida kelişmovçilik bölmasa, talab sud buyruği tartibida köriladi, kelişmovçilik bölsa daʼvo arizasi tartibi qöllanadi.
Aliment uçun fuqarolik işlari böyiça sudga murojaat qilinadi. Daʼvoni daʼvogarning özi yaşaydigan hududdagi sudga berişi yoki my.sud.uz orqali onlayn murojaat qilişi mumkin.
Aliment undiriş böyiça daʼvogar davlat bojidan ozod qilingan.
Bir bola uçun daromadning 1/4 qismi, ikki bola uçun 1/3 qismi, uç va undan ortiq bola uçun 1/2 qismi undiriladi. Har bir bola uçun aliment MHTEKMning 26,5 foizidan kam bölmasligi kerak. 26,5 foizlik eng kam çegara hozirça 360 400 sömni taşkil qiladi.
Aliment sudga murojaat qilingan kundan boşlab undiriladi. Alohida şartlar mavjud bölganda uç yilgaça ötgan davr uçun undiriş qöllanişi mumkin.