Prezidentning 2026-yil 10-noyabrdagi PF–242-son farmoni bilan tasdiqlangan «Milliy dasturlarni amalga oşiriş böyiça 2027–2031-yillarga möljallangan çora-tadbirlar dasturi»da şu haqda söz boradi.

Hujjatning «Ayollar va bolalar huquqlarini kamsitişga qarşi kuraşişni kuçaytiriş» bandida ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga tölaydigan aliment miqdorini yaşaş xarajatlariga muvofiq tarzda adolatli belgilaş tizimini yölga qöyiş vazifasi belgilangan.

Mazkur yönalişda Prezident qarori loyihasini 2027-yil iyuniga qadar işlab çiqiş nazarda tutilgan.

Şuningdek, dasturda himoya orderi, ijtimoiy-huquqiy xizmatlar va xavfni erta aniqlaş mexanizmlarini birlaştiriş, tegişli murojaatlarni maxfiy va tezkor körib çiqiş tartibini joriy etiş ham belgilangan.

Bundan taşqari, xorijda mehnat migratsiyasida bölgan fuqarolarning farzandlari uçun sifatli taʼlim oliş va iqtidorni rivojlantiriş tizimini yaratiş közda tutilmoqda.

Qayd etiş joiz, hujjatda alimentning aniq yangi miqdori yoki uni hisoblaş formulasi keltirilmagan. Hozirça yangi tizimni joriy etişga qaratilgan qaror loyihasini işlab çiqiş vazifasi belgilangan.