Özbekistonda oilalar kamida bitta öğil körsa, keyingi farzandni dunyoga keltiriş ehtimoli sezilarli darajada kamayadi. Bu yaqinda eʼlon qilingan “A Tale of two choices: Son preference and reproductive outcomes in Uzbekistan” tadqiqotidan kelib çiqadigan xulosadir. Tadqiqot mualliflari Hilola Duşamova, Raşid Javed, Ğayrat Suyunov va Munira Zakirova. 

Kun.uz tadqiqot mualliflardan biri Raşid Javed bilan suhbatlaşib, ayrim savollarga javob oldi. 

Öğil bölsa, yetarli – tadqiqotning asosiy xulosasi

Tadqiqotda 2021–2022-yillardagi Özbekiston Multiple Indicator Cluster Survey maʼlumotlaridan foydalanilgan. Ikkinçi bosqiçda 4448 ta uy xöjaligidan maʼlumot yiğilgan. Tadqiqotning yakuniy tanlanmasiga esa kamida bir marta tirik farzand körgan 3585 nafar turmuş qurgan ayol kiritilgan.   

Mualliflar “özbek oilalarida öğil farzandga ehtiyoj yuqori bölgani uçun oilalar öğil tuğilgunça farzand körişda davom etadi” degan oddiy taxminni emas, balki buning teskarisini ham körsatişgan: öğil tuğilgaç, farzand körişni töxtatiş yoki keyingi tuğuruqni keçiktiriş ehtimoli oşadi. Masalan:

  • ikkinçi farzanddan keyin kamida bitta öğli bor ayollarning yana farzand köriş ehtimoli 16,7 foizga past;

  • uçinçi tuğuruqdan keyin bu farq 32,1 foizgaça;

  •  törtinçi tuğuruqdan keyin esa 35,9 foizgaça yetadi. 

Yana qiziq tomoni - öğillar soni oşgani sari farzand körişni davom ettiriş ehtimoli ham kamayadi.

Masalan, dastlabki ikki farzandi qiz bölgan ayollarga nisbatan bitta öğli bor ayollarning keyingi farzand köriş ehtimoli 15,8 foizga, ikki öğli bor ayollarniki esa 18,4 foizga past bölgan.

Törtinçi tuğuruqdan keyin esa öğil farzandlari soniga qarab keyingi tuğuruq ehtimoli 28,6–38,5 foizga past bölgan. 

Lekin tadqiqotning eng qiziq joyi boşqa: tadqiqotçilar ikki xil jinsdagi farzandlari bor oilalar bilan faqat qizlari yoki faqat öğillari bor oilalarni ham soliştirgan. Natijada birinçi ikki farzandi qiz bölgan ayolning uçinçi farzandni köriş ehtimoli aralaş jinsdagi ikki farzandi bor ayolnikidan 15,6 foiz yuqori.

2026-09-15 16.15.24