Avvalroq South China Morning Post naşri Xitoyning markaziy televideniyesiga (CCTV) iqtibos keltirgan holda Xitoyning Air China milliy aviakompaniyasi 17 apreldan Pekindan Şimoliy Koreya poytaxti Pxenyanga parvozlarni töxtatişini ma'lum qilgandi.
Şimoliy Koreyaga parvozlar amalga oşiruvçi yagona xorijiy aviakompaniyaning duşanba, seşanba va juma kunlari amalga oşiriladigan parvozlarining töxtatilişiga nima sabab bölgani ma'lum qilinmagandi.
Biroq keyinroq Air China bu axborotni rad etdi va faqatgina bir neça reyslargina bekor qilingani ma'lum qildi.
Air China’da China News Service axborot agentligiga ma'lum qilinişiça, kompaniya Pekindan Pxenyanga reyslarni butkul bekor qilmagan, faqatgina çiptalarga talab pastligi sababli vaqtinçalik bekor qilgan. Aviakompaniyada kelgusida Pxenyanga reyslar çiptalar sotilişidan kelib çiqilib sotilişi ma'lum qilindi. Aviakompaniya mijozlarga zarur ma'lumotni rasmiy saytdan yoki Air China ofisiga qönğiroq qilib olişlari mumkinligini aytgan.
CCTV ma'lumotlariga köra, Xitoy aviakompaniyasi Şimoliy Koreyaga 2008 yildan boşlab reyslar amalga oşiradi. Pekindan Pxenyanga reyslar haftaning duşanba, seşanba va juma kunlari Boeing 737 samolyotlarida amalga oşiriladi. Ma'lum qilinişiça, aviakompaniya avval ham yölovçilar miqdori, mavsumiy tebranişlarni hisobga olgan holda, misol uçun qişki mavsumda, reyslarni bekor qilgan yoki qisqartirgan.












