14 aprel kuni Xalqaro press-klubning «Özbekiston taşqi siyosatining yangi bosqiçdagi dolzarb masalalari» mavzusida sessiyasi bölib ötdi. Unda Abdulaziz Komilov hamda Oliy Majlis Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev jurnalistlarning savollariga javob qaytardi. 

Xususan, Safoyev Özbekistondagi sarmoyaviy muhitni yaxşilaş haqida fikr bildirar ekan, jumladan şunday dedi:

“Şuni yaxşi tuşuniş lozimki, valyuta bozorini erkinlaştiriş, xuddi iqtisodiyotni liberallaştiriş kabi ham doim öz qiymatiga ega. Biroq islohotlarni keçiktiriş yoki ularning umuman bölmasligi yanada köproq ziyon keltirişi mumkin. Bu borada aniq tuşuniş bor. Ikkinçisi, bank tizimini takomillaştiriş kerak. Bugungi kunga kelib u investitsiyalarni jalb qiluvçi samarali institutga aylangani yöq. Fond bozori. Afsuski, u içki sarmoyalar omili sifatida deyarli yöq. Mintaqaviy siyosat. Sarmoyaviy oqimlar asosan tört viloyatga jamlangan. Bu köp narsa bilan boğliq – kadrlar bilan ham, mahalliy hokimiyat organlari maqomi bilan ham. Biz ulardan sarmoyalar jalb etişni talab qilayapmiz. Ammo, savol tuğiladi – ularda buning uçun qanday vakolatlar bor? Joylarda elektr energiyasining barqaror ta'minotisiz, axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanişsiz bugungi kunda sarmoyalar jalb etiş haqida gap ham bölişi mumkin emas”, dedi Safoyev. 

Uning sözlariga köra, ayni damda Özbekiston Respublikasida yangi sarmoyaviy muhitni yaratiş böyiça iş olib borilmoqda.