Bugun, 15 aprel kuni poytaxt hokimligida "Toşkent şahrining tumanlari hududida avtomototransport vositalarini saqlaş joylarini tartibga keltirişning qöşimça çora-tadbirlari"ga bağişlangan brifing bölib ötdi.
Unda Toşkent şahrining tuman, mavze, dahalar hududida şaharsozlik, sanitar va yonğin xavfsizligi talablariga hamda aholi xavfsizligiga javob bermaydigan temir beton garajlar mavjudligi, qolaversa, uşbu temir beton garajlar hududlarda köp qavatli turar-joy binolarining içki qismida joylaşgan bölib, aholi tomonidan boşqa maqsadlarda ham foydalanib kelinayotgani ta'kidlandi. Bunda turli xil buyumlarni saqlaş, ikkilamçi qoğoz va yelim mahsulotlarini yiğiş şoxobçalari, özboşimçalik bilan turar-joy sifatida foydalanilişi sababli uşbu temir beton garajlar atrofida maişiy çiqindilar töplanişi, turli xil jinoyatlar sodir etilişiga, tez tibbiy yordam va yonğin xavfsizligi hamda içki işlar maxsus avtomototransport vositalari belgilangan manzillarga kelişiga noqulayliklar tuğdirmoqda.



Avtomototransport vositalarining kundan kunga ortib borişi va ularni vaqtinçalik saqlaş joylari yetişmasligi natijasida avtomototransport vositalari egalari tomonidan Toşkent şahrining tuman, mavze, dahalar hududida avtomototranstport vositalarini belgilanmagan joylarda, ya'ni turar-joy mavzelari içida, köp qavatli turar-joylar oldida qoldiriş holatlari köpaymoqda. Şu bilan birga, qarovsiz qoldirilgan avtomototransport vositalarini tunaş bilan boğliq jinoyatlar sodir etilmoqda.
Jumladan hozirgi kunda tuman, mavze, dahalar hududida şaharsozlik va sanitar talablariga, yonğin xavfsizligi talablariga hamda aholi xavfsizligiga javob bermaydigan tartibsiz joylaştiriligan temir beton garajlar 25,63 gektarli yer maydonlarini egallagan bölib, 8470 dona avtomobillarni joylaştiriş imkoniyatiga ega.
Bundan taşqari yuridik şaxslar tomonidan jami 69,16 gektarli yer maydonlari egallangan bölib, siğimi 27413 dona avtomobilni joylaştiriş imkoniyatiga ega. Biroq uşbu avtoturargohlarning yuqorida körsatib ötilgan talablarga javob bermasligi hamda ulardan boşqa maqsadlarda ham foydalaniş holatlari kuzatilmoqda.



Şuningdek, Toşkent şahrining tuman, mavze, dahalar hududida, markaziy şoh köçalari böyida joylaşgan töyxona hamda savdo va maişiy xizmat körsatiş majmualarining ba'zilarida avtoturargohlar yetarliça bölmaganligi hamda fuqarolar tomonidan avtomototransport vositalarini yöl yoqa qismiga va belgilanmagan joylarda qoldirilişi sababli yöl qatnov qismida tirbandliklar vujudga kelib transport vositalarini harakatlanişiga salbiy ta'sir körsatmoqda.
Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasining ma'lumot berişiça, poytaxtda avtomototransport vositalari soni 2017 yil 1 mart holatiga köra 19 foizga ortganini közatişimiz mumkin. Şu boisdan tuman mavze, dahalar hududida şaharsozlik qoidalari va sanitar me'yorlari talablariga javob bermaydigan va yuridik şaxslar tomonidan taşkil etilgan oçiq turdagi hamda temir beton garajlarni buzilişi hisobiga ularning örnida zamonaviy şaharsozlik norma va qoidalariga mos ravişda 2, 3 va 6-qavatli hamda kiçik oçiq turdagi avtoturargohlar qurilişi rejalaştirilgan.
Dastlabki loyiha hujjatlariga muvofiq, rejalaştirilayotgan 2 qavatli avtoturargohda 80 ta siğimli, 3 qavatli avtoturargohda 144 ta siğimli hamda 6 qavatli avtoturargohlarda 480 va 532 ta siğimli yengil avtomototransport vositalari joylaştirilişi belgilangan.



Toşkent şahar hokimligining tegişli mutasaddi taşkilotlar bilan birgalikda yuqorida qayd etilgan zamonaviy şaharsozlik me'yor va qoidalariga mos ravişda barpo etiladigan köp qavatli avtoturargoxlarning qurilişi böyiça tadbirkorlarning talab va takliflarini inobatga olib, şaharsozlik qoidalari va sanitar me'yorlari talablariga javob bermaydigan va yuridik şaxslar tomonidan taşkil etilgan temir beton garajlarni buzilişi hisobiga ularning örnida zamonaviy xalqaro standart va talablarga mos ravişda pastki qavatida savdo va maişiy xizmat körsatiş majmuasi bölgan köp qavatli avtoturargoxlar quriş yuzasidan Toşkent şahar hokimining qarori loyihasi tayyorlangan. Bu loyiha www.gov.uz saytiga aholi muhokamasi uçun joylaştirilgan.












