Toshkent şahri hokimligi Alişer Navoiy nomidagi milliy kutubxonaning orqa hududida joylaşgan 1,3 gektarlik yer uçastkasida davlat-xususiy şeriklik asosida avtoturargoh qurişni rejalaştirmoqda.
Taşabbus muallifi bölgan Toshkent şahri hokimligi buni «tartibli avtoturargoh va jamoat makonini obodonlaştiriş» loyihasi sifatida talqin qilmoqda. Texnik şartlarda mavjud daraxtlarni saqlaş, yangi köçatlar ekiş, piyoda va velosiped yölaklari, dam oliş, bolalar va vorkaut maydonçalarini taşkil etiş ham belgilangan.
Biroq markazdagi 1,3 gektarlik hududning asosiy funksiyasi avtoturargohga aylantirilişi rejasi jamoatçilikda savollar uyğotmoqda. Gap Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi, Mustaqillik maydoni va Iqtisodiyot va moliya vazirligi binolari oraliğida joylaşgan, hozirda töliq kökalamzorlaştirilgan hudud haqida ketmoqda.
Toshkent şahar hokimi Şavkat Umurzoqovning 2026-yil 14-sentabrdagi qarori bilan Milliy kutubxona ortidagi yaşil hududda davlat-xususiy şeriklik loyihasini amalga oşiriş şartlari tasdiqlangan. «Toshkent Invest» kompaniyasi davlat şerigi sifatida belgilanib, yer soliği stavkasi 514 mln 228 ming söm etib körsatilgan. Şartlarga köra, bu hududda taşkil etiladigan avtoturargohdan tuşadigan tölovlarning 15 foizi davlat şerigiga, 5 foizi esa «Pulli töxtaş joyi» operatoriga ötkaziladi.
«Bu yerning özi xiyobon-ku»
Kutubxona joylaşgan yaşil hudud taqdiri jamoatçilik faollarida xavotir uyğotmoqda. Xususan, Davletov.uz telegram-kanali muallifi Qobil Xidirov buni «közni şamğalat qiliş» deb atadi.
«Texnik şartlarda avtoturargoh bilan birga, “xiyobon taşkil qiliş” rejasi ham közda tutilgan bölsa-da, bu şunçaki közni şamğalat qilişdan boşqa narsa emas, deb öylaymiz. Şundoq ham xiyobon u yerlar», – deb yozadi u.
Jurnalist Muhrim Aʼzamxöjayev şahar markazidagi bunday hududni yuzlab avtomobillar uçun töxtaş joyiga aylantiriş şahar muhiti nuqtayi nazaridan «savolli qaror» ekanini taʼkidlaydi:










