Çexiya Yevropa Ittifoqi tomonidan unga qabul qilişi belgilab qöyilgan 1,6 ming qoçqindan bor-yöği 12 kişini qabul qildi. Çexiya Yevropa Ittifoqi tomonidan unga bir neça million yevrolik sanksiya solinişi mumkinligiga qaramasdan, qoçqinlarning qolgan qismini qabul qilişni istamayapti. Bu haqda Çexiya içki işlar vaziri Milan Xovanets ma'lum qildi.
"Hozirda qolgan qoçqinlarni tekşiriş boşqa heç kimni qabul qiliş mumkinmasligini körsatmoqda", deb aytgan Xovanets.
Uning aytişiça, Çexiya xavfsizlik xizmatlari tomonidan Italiya va Gretsiyadagi vaqtinçalik lagerlarda ötkazilayotgan tekşiruv bir neça oydan beri davom etmoqda va katta qiyinçiliklarga duç kelmoqda.
"Bu odamlar (qoçqinlar) tekşiruv vaqtida öz joyida, ya'ni Gretsiya va Italiyada qolişni istamayapti. Şu sababli biz tomondan tekşiruv yakunlandi", deb ta'kidlab ötdi Xovanets.
Vazir Çexiyaning bu qarori YeI tomondan unga nisbatan sanksiyalar qöllanişiga olib kelişi va bir neça million yevroga tuşişi mumkinligini aytdi.
"Yakuniy qarorni hukumat qabul qiladi, u sanksiyalarga qaramay qoçqinlarni qabul qilişni töxtatiş kerak-kerakmasligini hal qilişi kerak. Menimça, töxtatiş kerak. Bu yerga odamlarni nazoratsiz kiritiş kerakmas", deb aytdi Xovanets.












