Ispaniya La-ligasining 32-turidan örin olgan markaziy uçraşuv «Kamp Nou»da bölib ötdi va unda «Barselona» «Real Sosedad»ni qabul qildi.

Uçraşuvning 17 va 37-daqiqalarida Lionel Messi gol kiritib 2:0 hisobini yuzaga keltirgandi. 42-daqiqada Umtitining avtogolidan keyin farq qisqardi. 44-daqiqada Pako Alkaser Messining uzatmasidan söng hisobdagi farqni yana oşirdi. Birinçi bölimga hakam tomonidan qöşib berilgan daqiqada Xavi Priyeto farqni yana bittagaça qisqartirdi. Ikkinçi bölimda jamoalar darvozalarni işğol qila olişmadi va «Barselona» «Real Sosded»ni öz uyida ketma-ket 19-uçraşuvda mağlubiyatga uçratdi.

Uşbu ğalabadan keyin «Barselona» «Real» bilan örtadagi farqni yana uçtagaça qisqartirdi. Biroq «Real»da uçraşuvlar soni bittaga kam.

La-liga, 32-tur

Barselona – Real Sosedad 3:2 (3:2)
Gollar: Messi (17, 37), Pako Alkaser (44) – Umtiti (42, avtogol), Priyeto (45+1).
Barselona: ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Serdji Roberto, Rakitiç, Buskets, Andre Gomeş (Inesta, 69), Pako Alkaser (Denis Suares, 79), Messi, Suares.
Real Sosedad: Ruli, Navas, Berçiçe, Saldua, Martines, Surutusa (Granero, 84), Ilyarramendi, Vela (Kanales, 62), Priyeto, Oyarsabal, Villian Joze (Bautista, 79).
Ogohlantirişlar: Vela (7), Pako Alkaser (41), Ilyarramendi (49), Suares (68), Pike (88).