2017 yilning 8 aprel kuni AQŞning Ohayo ştatidagi Kolumbus şahrilik Jyeyk Bauers rafiqasi va ikki nafar farzandi bilan dam oliş uçun yölga çiqdi, biroq yöl yoqasida ğalati sumkani payqab qolgan. Uning WBNS-TV telekanaliga bergan intervyusida aytişiça, sumkaning içida kimnidir noutbuki böliş mumkin deb öylagan, şuning uçun rafiqasidan maşinani töxtatişni söradi. Biroq keyinçalik ma'lum bölişiça, sumka yuz dollarlik pul qoğozlari bilan töla bölgan.
Bauersning sözlariga köra, taxminan 14 ming dollarni va hujjatlar bölgan hamyonni topib oldi. Jyeyk topilma – “bolalar uçun yaxşi örnak körsatişga qulay imkoniyat bölişini” his etdi hamda pullarni darhol politsiya bölinmasiga olib borgan.
“Bu mablağlar bizga maşinaga olingan kreditni qoplaşga yoki ta'tilga çiqişga yordam berişi mumkin edi, biroq kimgadir ular oziq-ovqat mahsulotlariga ham kerak bölişi mumkin”, - deya aytib ötdi Jyeyk Bauers.
Topilgan hujjatlar politsiyaga sumka egasi bilan boğlanişga imkon berdi. Öşa kuni u avtomobillar sotuvçisining yoniga ketayotgan bölgan, biroq pullarini öz maşinasi tomida unutib qoldirgan deb öylagan, aslida esa mablağlar yölda tuşirib qoldirilgan ekan.












