«Dunyo» axborot agentligi xabariga köra, Özbekistonning Şanhaydagi konsulxonasi diplomatlari Çjetszyan provinsiyasiga safari davomida institut prorektori Livey Fen bilan uçraşgan.

Muzokaralarda akademik almaşinuv, özbekistonlik talabalar uçun uzoq muddatli taʼlim dasturlari hamda talaba va öqituvçilar uçun qisqa muddatli kurslar taşkil etiş masalalari körib çiqilgan.

Taʼlimni muhandislik, hamşiralik işi, transport, töqimaçilik sanoati, elektromobillarni taʼmirlaş, yangi energetika va sunʼiy intellekt yönalişlarida yölga qöyiş rejalaştirilmoqda.

Tomonlar amaliy tayyorgarlikka ham alohida eʼtibor qaratgan. Özbekistonlik talabalarning Szyasin şahridagi yetakçi işlab çiqariş korxonalari, tibbiyot muassasalari, metropoliten va temir yöl vokzallarida kasbiy tajriba orttirişi közda tutilgan.

Xitoy tomoni Özbekiston texnikumlari bilan hamkorlik mexanizmlarini muhokama qiliş va kelişuvlar imzolaş uçun 2026-yil noyabrda Livey Fen boşçiligidagi delegatsiyani Özbekistonga yuborişga tayyorligini bildirgan.

Szyasin Nanyan politexnika instituti 2002-yilda Şanhay Szyao Tun universiteti kömagida taşkil etilgan xususiy professional oliy taʼlim muassasasidir. Unda qariyb 12 ming talaba tahsil oladi. Institutning yettita ixtisoslaştirilgan maktabida 30 dan ortiq mutaxassislik böyiça taʼlim beriladi.