Daniyaning "Brondbyu" klubi muxlislari mamlakat çempionatining navbatdagi turida "Kopenhagen"ga qarşi uçraşuvda kurakda turmaydigan işni amalga oşirişdi. Muxlislar mehmon jamoa futboçilariga qarata ölik kalamuşlarni uloqtirişgan. Uşbu holat tasvirlangan video internetda paydo böldi.

Voqea uçraşuv yakunlanişiga 5 daqiqa qolganda yuz bergan: "Kopenhagen" öyinçisi Benyamin Verbiç burçak töpini amalga oşirgani borganda, raqib jamoa muxlislari unga va yaqin atrofdagi jamoadoşlariga ölik kalamuşlarni otişni boşlaşgan. Hammasi bölib maydonga 4 ta kalamuş otilgan. Futbolçi dastlab bunday muomaladan bir oz özini yöqotib qöygan, biroq keyin jamoadoşi bilan maydonni "kutilmagan mehmonlardan" tozalaşni boşlagan.

Ta'kidlaş joizki, uçraşuv "Kopenhagen"ning 0:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan. Uçraşuvdagi yagona töpni aynan "jabrdiyda" Verbiç amalga oşirgan.

Şu ğalabadan keyin çempionat peşqadami "Kopenhagen" 2-örinda borayotgan "Brondbyu"dan 13 oçko oldinlab ketdi.

Bu ikki jamoa Daniyaning özaro eng murosasiz jamoalari va nomdor klublaridan hisoblanadi. "Kopenhagen" çempionatni 11 marotaba,  "Brondbyu" esa 10 marotaba yutgan.