Daniyaning janubiy sohilidagi Ryodbyuxavn yaqinida Femarnbelt tunneli qurilişi vaqtida dengiz tubidan olib çiqilgan grunt hisobiga qariyb 300 ming kvadrat metrlik yangi hudud barpo etildi. Bu maydonni kelgusida aholi va sayyohlar uçun tabiiy dam oliş maskaniga aylantiriş rejalaştirilgan.

Femarnbelt - Daniya va Germaniyani Boltiq dengizi osti orqali boğlaydigan avtomobil va temiryöl tunneli. Uning uzunligi 18 kilometrni taşkil etadi. Quriliş yakunlangaç, u dunyodagi eng uzun suvga botiriladigan tunnel bölişi kutilmoqda.

Tunnel Daniyaning Ryodbyuxavn şahrini Germaniyaning Puttgarden şahri bilan boğlaydi. Loyihani 2029-yilda yakunlaş rejalaştirilgan.

Inşoot 89 ta yirik beton elementdan taşkil topadi. Har bir elementning uzunligi 217 metr, oğirligi esa qariyb 73 ming tonnani taşkil qiladi. Ular dengiz tubida maxsus qazilgan tranşeyaga tuşirilib, bir-biriga ulanadi.

Tunnel foydalanişga topşirilgaç, Hamburg va Kopenhagen örtasida temiryöl orqali safar vaqti qariyb ikki soatni taşkil etişi kutilmoqda. Tunnel orqali avtomobilda harakatlaniş esa bir soatdan sal köproq vaqt olişi aytilgan.

Dengizdan özlaştirilgan yangi hudud ham obodonlaştiriladi. U yerda uçta hovuz taşkil etiş va sohil iqlimining murakkab şaroitlariga çidamli ösimliklar ekiş rejalaştirilgan. Loyiha operatori Sund & Bælt yangi hudud kelajakda taşrif buyuruvçilar uçun öziga xos tabiiy maskan bölişini bildirgan.