Skovsporet loyihasi SAGA Space Architects arxitektura byurosi tomonidan 3DCP va COBOD kompaniyalari bilan hamkorlikda işlab çiqilgan. Majmua Xolstebro şahrida joylaşgan bölib, mahalliy universitet kampusi uçun hamyonbop turar joylar quriş bilan şuğullanuvçi taşkilot buyurtmasi asosida barpo etilgan.

Majmua oltita bir qavatli binodan iborat bölib, ularda jami 36 ta kvartira joylaşgan. Binolar orasida içki hovlilar, kökalamzor boğlar, piyodalar yölaklari va velosipedlar uçun turar joylar taşkil etilgan.

Qurilişda atrof-muhitga taʼsirni kamaytirişga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Xususan, quriliş maydonida avvaldan ösib turgan daraxtlarning 90 foizini saqlab qolişga muvaffaq bölingan.

6-17
© SAGA Space Architects

Binolarning asosiy devorlari COBOD BOD3 3D-printeri yordamida qurilgan. U maxsus sementga öxşaş qorişmani soplo orqali qatlamma-qatlam çiqarib, kvartiralarning asosiy devorlarini şakllantirgan.

Quriliş maydonida 3D-bosma jarayonini nazorat qiliş uçun atigi uç kişi yetarli bölgan. Mutaxassislar tajriba orttirgani sari quriliş tezligi ham sezilarli darajada oşgan.

Masalan, oltita kvartiradan iborat birinçi binoni 3D-printerda bosib çiqariş uçun bir neça hafta talab qilingan bölsa, xuddi şunday hajmdagi sönggi bino atigi beş kunda bosib çiqarilgan.

Biroq majmua töliq 3D-printerda tayyorlanmagan. Devorlarni bosib çiqariş jarayoni tugagaç, anʼanaviy quruvçilar işni davom ettirgan. Ular tom, eşik va derazalarni örnatgan, şuningdek, xonalarni yaşaş uçun zarur jihozlar va mebel bilan taʼminlagan.

Har bir kvartiraning maydoni 40 kvadrat metrdan 50 kvadrat metrgaça. Ular mustaqil yaşaş uçun möljallangan bölib, har birida alohida oşxona, iş zonasi, mehmonxona, hammom va uxlaş joyi mavjud.

Arxitektorlar xonalarga tabiiy yoruğlik köproq tuşişiga ham eʼtibor qaratgan. Şu maqsadda kvartiralarda köplab derazalar va tom orqali yoruğlik tuşiradigan maxsus konstruksiyalar örnatilgan.

3D-bosmada material qatlamma-qatlam yotqizilişi sababli beton devorlarda öziga xos ğadir-budur köriniş paydo böladi. Intererda bu xususiyatni yumşatiş uçun yoğoç, probka va gipsokartonga öxşaş materiallardan foydalanilgan.