Janubiy Koreya, Yaponiya va AQŞ mudofaa vazirliklarining yuqori lavozimdagi mansabdor şaxslari 19 aprelda Koreya yarimorolidagi vaziyat böyiça uç tomonlama muzokaralar ötkazadilar.
"Ryonxap" axborot agentligining ma'lum qilişiça, Tokioda ötadigan uçraşuvda Şimoliy Koreyaning iğvogar harakatlariga tomonlarning javob harakatlari muhokama qilinadi.
16 aprelda Janubiy Koreya qurolli kuçlari ştablari boşliqlarining qöşma qömitasi Şimoliy Koreya tomondan raketa uçiriş muvaffaqiyatsiz amalga oşirilganini ma'lum qilgan. Janubiy koreyalik harbiylarning ma'lumotlariga köra, Pxenyan Sinpxo uyezdidan noma'lum raketani uçirişga uringan, biroq u uçirilişi bilanoq portlab ketgan. Raketa turi aniqlanmagan, biroq mutaxassislar bu örta masofalarga möljallangan KN-15 ballistik raketasi bölişi mumkinligini taxmin qilişgan.












