Rustam Azimov va boşqa mas'ullar oldiga naqd pul aylanmasini qisqartiriş böyiça «keçiktirib bölmas çora-tadbirlar» köriş vazifasi qöyildi. Bu haqda Özbekiston hukumatining 2017 yil birinçi çoragi yakunlariga bağişlangan majlisi vaqtida aytilgan.

Hukumat majlisida vazirlar hisobot bergan. Xususan, Özbekiston boş vaziri örinbosari Rustam Azimov, Moliya vaziri Botir Xöjayev, Iqtisodiyot vaziri Galina Saidova, Markaziy bank raisining birinçi örinbosari Saidkamol Xöjayev, şuningdek, Qaşqadaryo va Namangan viloyatlari hokimlari Zafar Röziyev va Xayrullo Bozorovning hisobotlari tinglangan.

«Ular oldiga hududiy, moliya-byudjyet va soliq rejalaştirilişini takomillaştiriş, mahalliy byudjyetlarning daromad bazasini oşiriş amaliy çora-tadbirlarini bajariş, tumanlar va şaharlarning subvensiya darajasini pasaytiriş va ularni subvensiyadan çiqariş, naqd pul mablağlarining bankdan taşqari aylanmasini qisqartiriş hisobiga makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy ösişning yuqori sur'atlarini saqlaşni ta'minlaydigan keçiktirib bölmaydigan kompleks çora-tadbirlar köriş yuzasidan aniq vazifalar qöyildi», — deyilgan ÖzA xabarida.

Uşbu vazifalarni amalga oşirişda viloyatlar, tumanlar va şaharlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantiriş böyiça birinçi örinbosarlarining şaxsiy mas'uliyati alohida qayd etib ötildi. Ularning işlari samaradorligi aniq mezonlari böyiça baholanadi.