Rossiyada Özbekistonga neft yetkazib beriş imkoniyatini örganuvçi işçi guruhi taşkil etildi. Bu haqda RNS agentligi Rossiya energetika vaziri Kirill Molodtsovga asosan xabar berdi.
Rossiyalik amaldorning ta'kidlaşiça, Özbekistonga Qozoğiston orqali neft yetkazib beriş böyiça ikkita ehtimoliy yönaliş bor. Uning sözlariga qaraganda, hozirda ular ustida işlanmoqda.
Eslatib ötamiz, Özbekiston va Rossiya örtasida 2017 yilning 5 aprel kuni Özbekistonga 500 ming tonna Rossiya neftini yetkazib beriş böyiça memorandum imzolandi.












