Kanada janubida suv qunduzi ötloqdan 150 sigirni özi bilan birga yetaklab ketdi, deb xabar bermoqda CBC. Hodisa tasvirlangan video sigirlar egasi Adriyenna Ayvi tomonidan Facebook’da e'lon qilindi.

Uning sözlariga köra, hayvon fermaga uyça qidirib kirib qolgan. Uning paydo bölişi esa, xöjalik hududida ötlab yurgan sigirlarda noodatiy reaksiya keltirib çiqardi. 150ta sigir kemiruvçi ortidan ketib, rançoni tark etişgan.

Ferma egasi sigirlar yöqolganini payqaganidan söng, ularni ortga qaytarib olib kelgan. Ayvining jurnalistlarga aytişiça, sigirlar juda qiziquvçan böladi, şuning uçun suv qunduzining paydo bölişiga juda noodatiy tarzda “munosabat bildirişgan”.